Biz ishlab chiqaruvchi kompaniyamiz. Mijozlarimizni qayg‘uramiz va ularga doimiy sifatli mahsulot va sifatli servislarimizni taklif orqali ularning ishonchini ko‘zlaymiz
Yuqori sifat
Mahsulotlarimiz haqiqiy premium sifat, Yevropa mahsulotlari bilan raqobatlasha oladi, lekin narxlari esa hamyonbop
Sifat kafolati
Biz mahsulotlarimiz sifatiga 100% kafolat beramiz. Agar mahsulotlarimiz sifati sababli mijozning obyekti zarar ko‘rsa, zararni ya’ni mahsulot puli, usta puli, lesa puli, oziq-ovqat pulini 100% to‘lab beramiz. Mijoz faqat vaqtiga kuyishi mumkin (vaqtini qaytarib bera olmaymiz).
Bepul maslahatlar
Bizning menejerlarimiz, showroomimizga tashrif buyurgan mijozlarimizga, yoki mijozlarimizning uy yoki obyektiga borib, qanday mahsulot, qanday tekstura, qanday rang tanlash bo‘yicha maslahatlar berishadi.
Bepul namuna surtish
Biz showroomimizga tashrif buyurgan mijozlarimizga ular tanlagan mahsulotlarni, ular tanlagan ranglarda (2000 dan ortiq ranglar mavjud) maxsus doskalarga surtib ko‘rsatamiz. Yoki xuddi shu holatni mijozning uyi yoki obyektiga borib, devoriga surtib xam ko‘rsatib beramiz.
Xarajatni xisoblab berish
Bizning menejerlarimiz, mijozlar uy yoki obeyktiga, mahsulotlarimiz surtilgan maxsus doskalarimiz bilan borib, mijoz tanlagan mahsulotlar bo'yicha, obeyktni m2 ni o'lchab, 1 m2 va jami xarajatini xisoblab berishadi. (10% +-). Showroomimizga tashrif buyurgan mijozlarimiz uy yoki obeyktini m2 ni aytishsa kifoya, 1 m2 va jami xarajatini xisoblab beramiz.
Mijoz ustasiga bepul o’rgatish
Mijozlarimizning ustalarini mahsulotlarimizni qo‘llash bo‘yicha o‘rganishga ehtiyojlari bo‘lsa, 15 yildan ortiq tajribaga ega professional ustalarimiz, showroomimizning maxsus "master klass" xonasida yoki mijozning obyektiga borib o‘rgatishadi – ya’ni masterlarimiz, surtib ko‘rsatib, nimalarga e’tibor berish keraklilarini aytib va ustalarga xam surdirtirib, o‘rgatishadi
Qayta savdo
Biz ortib qolgan mahsulotlarimizni, chelagi ochilmagan, sifati o‘zgarmagan va ranglantirilmagan bo‘lsa, sotgan narximizda qayta savdo qilib sotib olamiz. Agar chelakda ortib qoladigan holat bo‘lsa, masalan uchun mijoz 5 kg li mahsulotimizdan 5 chelak sotib oldi. 4 chelak ishlatdi va 5-chelakdan 2 kg ishlatadi. Bunday holatlarda 5-chelakni ochmasdan bizga olib kelib bersa, sotib olamiz, kerakli 2 kg ni beramiz.
7 yillik sifat kafolati
Mijozlarimizning uy yoki obyektlari ichki yoki tashqi ta’sir hisobiga zarar ko‘rmasa ya’ni devor ichidan yorilish, zax yoki sho‘rlab ketmasa, tashqaridan esa devorga zarar beruvchi harakatlar qilinmagan bo‘lsa va eng asosiysi ustalar mahsulotni qo‘llash instruksiyasiga 100% amal qilgan bo‘lsa, biz mahsulotlarimizning ko‘chib ketmasligiga, tekstura va rangi o‘zgarmasligiga kafolat beramiz. Fasadga qilinganda quyosh ta’siriga yillar davomida 10% gacha o‘zgarishi mumkin.
Ranglantirish xizmati
Bizda maxsus rang tayyorlash uskunasi bor. 2.000 dan ortiq ranglar tayyorlab berish imkoniyatiga egamiz. Pastalarimiz Yevropadan keltiriladi. Mijozlar VER dan o‘zlariga yoqqan ranglarni tanlashadi. Biz esa chiqarib beramiz va rang kodini saqlab qo‘yamiz. Mijozga yana shu rangdan kerak bo‘lganida, birga bir qilib tayyorlab beramiz.
Yetkazish xizmati (bepul)
Toshkent shahri va butun O‘zbekiston barcha hududlariga, mijozlarimiz 1 ta chelak mahsulot xarid qilishsalar xam bepul yetkazib beramiz.
Usta xizmati
Biz kompaniyamiz ichida, 15 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ustalardan tashkil topgan, ustalar jamoasini tashkil qilganmiz. Bu ustalar jamoamiz bilan uy yoki obyektingizni siz xohlaganingizdan-da yaxshiroq qilib berishga harakat qilamiz.
Ishlarimizdan namunalar
Mijozlar fikri
Eng ko‘p beriladigan savollar
Mahsulotlarimiz yuqori sifatli bo’lib, Yevropa mahsulotlari bilan 100% raqobatlasha oladi.
Bazillari hashamatli bazillari esa bejirim ko‘rinishga ega.Har qanday uslubdagi interyerlarga mos keladigan turlari bor. Eng asosiysi tabiiy ko‘rinishli effekt beradi.
Mahsulotlar bazaviy rangda bo’ladi, ranglantirish uskunasi orqali esa 2 mingdan ortiq ranglar tayyorlab berish imkoniyatiga egamiz.
Mahsulotlarimiz ekologik toza bo‘lib, insonlar va atrof muhitga hech qanday zarar bermaydi.
Har bir mahsulotning narxi xar xil. Tanlagan mahsulotingiz, teksturangiz va rangidan kelib chiqib, narx ayta olamiz.
Mahsulotlarimizga 7 yil kafolat beramiz. Agar mahsulot sababidan obyektingiz zarar ko‘rsa 100% zararni to‘lab beramiz.
Showroom manzilimiz:
Toshkent sh. Parkent k. 209 uy
Ish vaqti: 7:00-23:00 ga qadar. Dam olish kunlarisiz
Premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya