Bazalari: 2 xil bazasi mavjud ya’ni V,R bazalar. Bazalar effektlari bilan farq qiladi. V baza qum effektli. R baza semurg‘i ya’ni muz parchasi effektli.
Sarfi: 1 kg Anorak bo’yog’i bilan o’rtacha 4-5 m² yuza bo’yaladi. Lekin yuzaning holati, tekstura turi va ustaning qalin yoki yupqa surtishiga qarab, xarajati o’zgarishi mumkin.
Qadoqlanishi: 5 kg miqdorda plastik chelaklarda qadoqlangan.
Qo‘llanishi: Yuzani bo‘yoqqa tayyorlash (shpaklevka) ishlari yakunlanganidan so‘ng 1-bosqich: Astar bo‘yoqning bir hajmiga 5-7 hajmda suv aralashtirib surtiladi. Qurish muddati 4-5 soat. 2-bosqich: Dekorfond komponent bo‘yog‘i surtiladi. Qurish muddati 10-12 soat. 3-bosqich: Anorak bo‘yogidan mahsus cho‘tka yordamida teksturalar hosil qilinadi. Qurish muddati 6-8 soat. Agar fasad uchun qo‘llanilsa, 4- bosqich: Dekor lak surtiladi. Qurish muddati 6-8 soat. Havo harorati +10°C dan +35 °C gacha bo‘lgan haroratda ishlatiladi.
Diqqat: Anorak qo’llash uchun tayyor, lekin holatga qarab 20%gacha suv aralashtirib ishlatish mumkin.
Xavfsizligi: Ekologik jihatdan toza. Insonlar va atrof muhitga hech qanday zarar bermaydi.
Tozalanishi: Anorak surtilgan yuzalarni chang va dog’lardan nam latta yordamida yuvib, artib tozalash mumkin.
Asosi: Akril polimer bog’lovchisi asosida ishlab chiqarilgan
Saqlash muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy. Yopiq qadoqda +5°C dan +30°C gacha bo‘lgan haroratda, quyosh nuri zarar bermaydigan xona sharoitida saqlanishi kerak.
5 KG
Anorak
Fosfor effektli dekorativ boʻyoq
Tasnifi: Anorak har qanday yorug‘lilardan o‘zicha quvvat olib, tunda o‘zidan yorug‘lik taratadigan o‘ziga xos ajoyib bo‘yoq.
Effekti: Yuzalarda qum va semurg‘i ya’ni muz parchalari effektlarni hosil qiladi.
Qo’llanish yuzalari: Ichki va tashqi yuzalar uchun. Fasad uchun qo’llanilganda, tashqi muhit tasiridan himoyalovchi Dekor lak ishlatilishi shart.
Rangi: Bazaviy ya’ni fil suyagi rangida bo‘ladi. Ranglantirilmagan holatda qo‘llaniladi.
Anorak ranglaridan va teksturalaridan namunalar
Master klass
narxlar
1 KG 26.0 $
Anorak
Eng ko‘p beriladigan savollar
Mahsulotlarimiz yuqori sifatli bo’lib, Yevropa mahsulotlari bilan 100% raqobatlasha oladi.
Bazillari hashamatli bazillari esa bejirim ko‘rinishga ega. Har qanday uslubdagi interyerlarga mos keladigan turlari bor. Eng asosiysi tabiiy ko‘rinishli effekt beradi.
Mahsulotlar bazaviy rangda bo’ladi, ranglantirish uskunasi orqali esa 2 mingdan ortiq ranglar tayyorlab berish imkoniyatiga egamiz.
Mahsulotlarimiz ekologik toza bo‘lib, insonlar va atrof muhitga hech qanday zarar bermaydi.
Har bir mahsulotning narxi xar xil. Tanlagan mahsulotingiz, teksturangiz va rangidan kelib chiqib, narx ayta olamiz.
Mahsulotlarimizga 7 yil kafolat beramiz. Agar mahsulot sababidan obyektingiz zarar ko‘rsa 100% zararni to‘lab beramiz.
Showroom manzilimiz:
Toshkent sh. Parkent k. 209 uy
Ish vaqti: 7:00-23:00 ga qadar. Dam olish kunlarisiz
Premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya