07:00 dan 23:00 gacha, Dam olish kunisiz
premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
Tasnifi: Dekorativ bo’yoq va qoplamalarni bezash va himoyalash uchun yuqori sifatli lak.
Qo’llanish yuzalari: Ichki va tashqi yuzalar uchun.
Qo‘llanishi: DEKOR LAKni qo‘llashdan oldin, yaxshilab aralashtirib, qanday bo‘yoq yoki qoplamaga surtilishiga qarab 30-40% ba’zi mahsulotlarga 100% miqdorda suv qo‘shiladi. Yuza toza va quruq bo‘lishi lozim. DEKOR LAK cho‘tka yoki valik yordamida surtiladi. Andava yoki shimgich yordamida ishlov berish mumkin. Havo harorati +10°C dan +35 °C gacha bo‘lgan haroratda ishlatiladi.
Sarfi: 1 kg DEKOR LAK bilan yuzani shimish holatiga qarab o'rtacha 12-14 m² yuza bo’yaladi.DEKOR LAK surtiladigan bo’yoq turiga qarab sarfi o’zgaradi.
Qadoqlanishi: 10 kg miqdorda plastik chelaklarda qadoqlangan.
Xavfsizligi: Ekologik jihatdan toza. Insonlar va atrof muhitga hech qanday zarar bermaydi.
Asosi: Akril polimer bog’lovchisi asosida ishlab chiqarilgan.
Saqlash muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy.Yopiq qadoqda +5°C dan +30°C gacha bo'lgan haroratda, quyosh nuri zarar bermaydigan xona sharoitida saqlanishi kerak.