Bazalari: 3 xil bazasi mavjud ya’ni M,W,SW bazalar. Bazalar ranglari bilan farq qiladi. M baza fil suyagi rangi. W baza oq rangli. SW baza esa super oq. Ranglantirish uchun esa M baza tavsiya qilinadi. W va SW bazalarida kolor xarajati oshib ketadi.
Sarfi: 1 kg Madohil bo’yog’i bilan o’rtacha 5-6 m² yuza bo’yaladi. Lekin yuzaning holati, tekstura turi va ustaning qalin yoki yupqa surtishiga qarab, xarajati o’zgarishi mumkin.
Qadoqlanishi: 5 kg miqdorda plastik chelaklarda qadoqlangan.
Qo‘llanishi: Yuzani bo‘yoqqa tayyorlash (shpaklyovka) ishlari yakunlanganidan so‘ng, 1-bosqich: Astar bo‘yoqning bir hajmiga 5-7 hajmda suv aralashtirib surtiladi. Qurish muddati 4-5 soat. 2-bosqich: Dekorfond komponent bo‘yog‘i surtiladi. Qurish muddati 10-12 soat. 3-bosqich: Madohil bo‘yog‘i yupqa qilib surtiladi. Qurish muddati 6-8 soat. 4-bosqich: Madohil bo‘yog‘i bilan teksturalar hosil qilinadi. Qurish muddati 6-8 soat. Agar fasad uchun qo‘llanilsa, 5- bosqich: Dekor lak surtiladi. Qurish muddati 6-8 soat. Havo harorati +10°C dan +35 °C gacha bo‘lgan haroratda ishlatiladi.
Diqqat: Madohil qo’llash uchun tayyor, lekin holatga qarab 20%gacha suv aralashtirib ishlatish mumkin.
Xavfsizligi: Ekologik jihatdan toza. Insonlar va atrof-muhitga hech qanday zarar bermaydi.
Tozalanishi: Madohil surtilgan yuzalarni chang va dog’lardan nam latta yordamida yuvib, artib tozalash mumkin.
Asosi: Akril polimer bog’lovchisi asosida ishlab chiqarilgan
Saqlash muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy. Yopiq qadoqda +5°C dan +30°C gacha bo‘lgan haroratda, quyosh nuri zarar bermaydigan xona sharoitida saqlanishi kerak.
Baxmal effektli dekorativ boʻyoq
Tasnifi: Madohil baxmalning nafis jozibasi bilan interyeringizga o‘ziga xos, hashamatli ko‘rk beruvchi, yorug‘lik ta’sirida tovlanuvchan betakror bo‘yoq.
Effekti: Yuzalarda baxmal effektini hosil qiladi, lekin dekorator ustalar fantaziyasiga qarab ko’plab boshqa teksturalar xam chiqarishi mumkin.
Qo‘llanish yuzalari: Ichki yuzalar uchun mo‘ljallangan va tavsiya qilinadi. Lekin mijozlar xohlasa fasad uchun xam qo‘llash mumkin. Fasad uchun qo‘llanilganda, tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi Dekor lak ishlatilishi shart.
Rangi: Bazaviy ya’ni fil suyagi rangida bo‘ladi. Ranglantirish uskunasi orqali yoki kolor qo‘shib, cheklanmagan miqdorda ranglar tayyorlash mumkin.