07:00 dan 23:00 gacha, Dam olish kunisiz
premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
07:00 dan 23:00 gacha, Dam olish kunisiz
premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
Bazalari: Faqat bir xil bazada bo’ladi.
Sarfi: 1 kg Palmetta qoplamasi bilan o’rtacha 1,3-1,6 m² yuza qoplanadi. Lekin yuzaning holati, tekstura turi va ustaning qalin yoki yupqa surtishiga qarab, xarajati o’zgarishi mumkin.
Qadoqlanishi: 5 kg miqdorda plastik chelaklarda qadoqlangan.
Qo‘llanishi: Yuzani bo‘yoqqa tayyorlash (shpaklyovka) ishlari yakunlanganidan so‘ng, 1-bosqich: Astar bo‘yoqning bir hajmiga 5-7 hajmda suv aralashtirib surtiladi. Qurish muddati 4-5 soat. 2-bosqich: Dekorfond komponent bo‘yog‘i surtiladi. Qurish muddati 10-12 soat. 3-bosqich: Palmetta qoplamasi yupqa qilib surtiladi. Qurish muddati 6-8 soat. 4-bosqich: Palmetta qoplamasi bilan teksturalar hosil qilinadi. Qurish muddati 6-8 soat. 5-bosqich: andava yoki maxsus elektr asbobida (bolgarka) charxlanadi. 6-bosqich: maxsus mo‘m(vosk) yupqa qilib surtiladi. Qurish muddati 4-5 soat. 7-bosqich: elektr asbobida (bolgarka) maxsus yung bilan charxlanadi. Havo harorati +10°C dan +35 °C gacha bo‘lgan haroratda ishlatiladi.
Diqqat: Palmetta qo’llash uchun tayyor, suyultirilmagan holatda ishlatiladi.
Xavfsizligi: Ekologik jihatdan toza. Insonlar va atrof muhitga hech qanday zarar bermaydi.
Tozalanishi: Palmetta surtilgan yuzalarni chang va dog’lardan quruq latta yordamida, artib tozalash mumkin.
Asosi: Akril polimer bog’lovchisi asosida ishlab chiqarilgan
Saqlash muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy. Yopiq qadoqda +5°C dan +30°C gacha bo‘lgan haroratda, quyosh nuri zarar bermaydigan xona sharoitida saqlanishi kerak.
5 KG
Palmetta
Marmar effektli dekorativ qoplama
Tasnifi: Palmetta marmar va boshqa tabiiy toshlarning kesilgan silliq yuzasiga taqlid qilgan holda interyeringizga o‘zgacha hashamat va ko‘rk bag‘ishlaydigan qoplama.
Effekti: Yuzalarda xar qanday tabiiy toshlarni kesilgan silliq yuzasini effektini hosil qiladi.
Qo’llanish yuzalari: Ichki va tashqi yuzalar uchun.
Rangi: Bazaviy oq rangda bo‘ladi. Ranglantirish uskunasi orqali yoki kolor qo‘shib, cheklanmagan miqdorda ranglar tayyorlash mumkin.
Palmetta ranglaridan va teksturalaridan namunalar
Master klass
narxlar
1 KG 7.0 $
Palmetta
Eng ko‘p beriladigan savollar
Showroom manzilimiz:
Toshkent sh. Parkent k. 209 uy
Ish vaqti: 7:00-23:00 ga qadar. Dam olish kunlarisiz
Premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
Toshkent sh. Parkent k. 209 uy
info@dafero.com