07:00 dan 23:00 gacha, Dam olish kunisiz
premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
07:00 dan 23:00 gacha, Dam olish kunisiz
premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
O‘lchab berish xizmati
Odatda odamlar xar doim xam qurilish qilishmaganlari uchun, qurilish bo‘yoqlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasliklari mumkin. Va uy yoki obyektlarini necha pulga bitish xarajatini oldindan aniq hisoblay olmasliklari mumkin.

Bizda mijozlarimiz uy yoki obyektiga borib, bepul maslahat berish va o‘lchab berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Bu qanday ishlaydi? Mijozlarimiz obyektiga mutaxassislarimiz borib, obyekt dizayn uslubidan kelib chiqib va bugungi trend va tendensiyalar asosida, qanday mahsulot, qanday tekstura va qanday rang mos kelishi bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berishadi. Agar tavsiya va maslahatlar ma’qul kelsa, mijozning uy yoki obyektini to‘liq o‘lchab, 1m2 va umumiy m2 xarajatini, mahsulot narxini va usta xizmati bilan bitish narxini hisoblab berishadi (+-10%). Bu xizmatimiz mutlaqo bepul. Ya’ni takliflarimiz mijozlarga to‘g‘ri kelmasa ularni hech qanday xijolatga qo‘ymaymiz.
Showroom manzilimiz:
Toshkent sh. Parkent k. 209 uy
Ish vaqti: 7:00-23:00 ga qadar. Dam olish kunlarisiz
Premium sifatdagi dekorativ bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi kompaniya
Toshkent sh. Parkent k. 209 uy
info@dafero.com